Rang sxemasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi farmoni


17.04.2018

Mamlakatimizda 9-may umumxalq bayrami – Xotira va Qadrlash kuni o‘tkazilishi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlarning xotirasini abadiylashtirish, bugun ham saflarimizda turib Vatan obro‘-e’tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qo‘shayotgan faxriylarni e’zozlash hamda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 73 yilligi nishonlanishi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rag‘batlantirish maqsadida: 

1. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 5 000 000 
(besh million) so‘m miqdorida biryo‘la pul mukofoti belgilansin. 

2. Mazkur Farmonni bajarish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilsin. 

3. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga ushbu pul mukofotining tantanali va bayramona vaziyatda topshirilishini ta’minlasinlar. 

4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, “Nuroniy” jamg‘armasi va “Mahalla” xayriya jamoat fondi, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari bilan birgalikda Vatanimiz ozodligi va sha’ni-sharafi himoyachilariga bag‘ishlangan maxsus uchrashuvlar va ma’rifiy-badiiy kechalar o‘tkazsinlar. 

5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin. 




O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                                    Sh.MIRZIYOYEV 

Toshkent shahri, 2018-yil 16-aprel 

 

Manba

Jasorat haqida yozish

Siz xotira.uz portalida yaqinlaringiz urushda ko‘rsatgan jasorati haqida so‘zlab berish imkoniga egasiz. Biz birgalikda Ikkinchi jahon urushida vatandoshlarimiz ko‘rsatgan jasorati haqidagi xotirani saqlab qolamiz va kelajak avlodga yetkazamiz.