Rang sxemasi

Xolmirzo Rayimberdiyev


06.06.2017

 1939 yil1 sentabrda ikkinchi jahon urushi boshlandi. Bu qonli urushning maqsadi bitta “dunyoni qayta bo’lib olish“. SHu sabali 1941 yil 22 iyun kuni erta tongda Germaniya ya’ni nemislar SSSR davlatiga jangovarlik yurishini olib boradi. Bu urush hammani dahshatli qo’rquvga soldi. O’sha vaqtda SSSR tarkibida  15 ta respublika ittifoqi bor edi.Ayni ikkinchi jahn yillarida SSSR sovet tizimi ittifoqida Iyosif Jugashvili Stalin rahbar edi. SSSR sovet ittifoqi tarkibigadagi Latviya, estoniya, Belgiya, Moldaviya, liva, Rossiya, Ukraina va shu qator ko’pgina respublikalarni bombardimon qildi. O’sha yillar O’zbekistonga urush yetib kelmagan bo’lsada, o’zbek xalqi urushning zarbalariga qalqon bo’ldi. Urush yillari o’zbek aholisini 6,5 million kishini tashkil etar edi. Shundan 1433230 kishi urushga safarbar etilgan edi. Bular 18 yoshdan 45 yoshgacha bo’lgan erkaklarni tashkil etilgan edi. Bu urush necha ming-ming askarlar nobut bo’lishi, qorni nonga to’ymagan go’daklar, qon yig’lagan onalar, farzand dog’ida yongan qaddi bukilgan otalar, bevaqt shahid ketgan askarlar, ko’rib quloq eshitmaydigan dahshatlarga majburan chidagan qaraiyalardir O’zbekiston urushning ta’minot markazi hisoblangan. Urush olovi alanga olayotgan yerlarga askarlarga oziq-ovqat, kiyim-kechak, qurol-yaroq, dori-darmon, tamaki, pul mablag’ yuborib turgan. Har bir askar hadik bilan urushda ishtirok etgan. Bu qo’rquv o’z joninigina emas, balki, yaqinlari avvalo ota-onasi, aka-ukalari, opa-singillarining shirin hayoti, ona zamin uchun bo’lgan hadik edi. O’sha yillar o’zbekiston nafaqat matonat, balki, oqibt o’lkasi ham edi. Urush o’chog’i alanga olayotgan shaharlardan jo’natilgan qanchalab beva-bechoralar, hech kim qolmagan yetimlarga o’z uyidan joy bergan, o’z bolasi och nahor, ammo, o’zganing farzandini o’zga demay o’z bag’riga olib, og’zidagi kemtik risqini o’zganing farzandiga ilinishini
nima deb tushunish mumkin? Bu mehr oqibatdan dalolat emasmi? O’zbek xalqi, urush xonavayron qilgan oilalarning katta-yu kichigiga boshpana bo’ldi.
O’n to’rt millat farzandini birlashtirib aka-uka, opa-singillarni mehr – oqibatli qilib tarbiyalagan o’zbek xalqi frontga shuncha narsa yuborish zaminida ayollarning zaxmati yotgan. Hatto rais, fermer, traktorchi, suvchi, dehqon ham ayollarimiz bo’lgan. Loy yerlarda sabzavotlarni terib olib, qishlarda egnilariga kupaykalar kiyib paxta terganlar. Bu ayollar yurt uchun, urushda qon kechib yurgan o’g’lonlar uchun. Kimningdir farzandi aka-ukase–yu, otasi, kimningdir turmush o’rtog’I uchun ayollar ham jon-jahti bilan mehnat qilib jasorat ko’rsatgan. Yuqorida ta’kidlaganidek qariyib 1,5 million aholidan yarim millioni urushdan qaytmagan, qaytganlari esa mayib-majruh, nogiron bo’lib qaytgan. Ikkinchi jahon urushi 1945 yil 9 may kuni sobiq SSSr davlati fashistlar ustidan g’alaba qozongan kun.
Bu urushda qatnashganlar orasida mening bobom Xolmirzo bobo Rayimberdiyevdir. U 1942-yil 15- yanvarda dunyoga keldi.
U hozirda Sirdayo viloyati, Guliston tumani, Dehqonobod shaharcha,
Chortoq qishloq fuqaro yig’ini, O’yuvli mahallasi Farobiy ko’chasi 7 xonadonda ibratli oilalar qatorida farzanlariga bosh bo’lib yashab kelmoqda.
Xolmirza bobo ayni navqiron yoshida, o’z oldiga qo’ygan maqsadlarig ilk qadam qo’ya boshlagan bir paytda, kutilmaganda bostirib kelgan yov Xolmirzo boboning hayotini izdan chiqardi. Ona yerga bo’lgan mehri beqiyos  Xolmirzo bobo 18 yoshida ko’ngilli bo’lib 1942 - yil 10 - oktabr kuni urushga safarbar etildi. Xolmirza bobo urush yillarini yodga olar ekan vujudida titroq, ko’zlariga yosh olib o’tgan umrini hikoya qildi. 1942-yil 10-oktabr kuni urushga ketar ekanman ota – onam, aka – ukalarim, ona zamin uchun kurashishga o’z - o’zimga va’da berdim. Urishning dahshatini ko’rib qayoqa qaramay o’liklar har bir burchakda najot kutib yotgan yarador askarlar. Bunday mudhish voqealarni ko’rib hayolimdan uyim, qishlog’im ona yurtim xalqi ahvoli qanday kechayotganni o’ylar edim. Har bir xonadondan bir nafar ikki-uch, to’rt nafar aziz va ardoqli ota, aka-uka, asl o’g’lonlar urushga kuzatilishi, O’zbekistonda birorta ham xonadon yo’q ediki urushda kimdandir ayrilmagan bo’lsa. Har bir uy urushga qurbon berib turgandan so’ng shu xonadonlardagi mushtipar onalar, munis opa – singillar, mo’ltirabgina qolgan bolalar –butun O’zbekiston ahli urushning so’ngsiz azobu uqubatini tortdi.Tank va zambaraklar gumbirlab, samolyo’tlar guvillagan urush o’z komiga O’zbekistonning ham asil farzandlarini yutib yamlab borar edi. Bularni o’ylab menda hadiksirash tug’ilar, opa- singilim,ota –onam bag’riga sog’- salomat qaytamanmi deb.
- Men urushda emas front ortida xizmat qilgan bo’lsamda urushning zarbini tortdim. Xatto, kechalari ko’zga uyqu olishga hadiksirardik. Agar bir uxlab qolsak ustimizga, yurtimizga fashistlar bostirib kelib qoladi degan hadik bilan  yotardik. Urush shavqatsiz narsa. Ollohga beadad shukurki, 1945-yil 19-avgust kuni urushdan uyumga sog’ - omon qaytdim.
- Xolmirza bobo urush yillari va mustaqillik yillarini taqqoslasak, ularning farqini aytib bering.
“ Avvalo shunday tinch va osoyishta hayotda tinch yashayotganimizga beadad shukur. Urush yillari va hozirgi shirin hayotimiz o’rtasida ancha farq bor qizim “-dedi,bobom. Men avvalo yoshlarga aytadigan so’zim yoshi ulug’ keksalarni hurmat qilib ularning duosini oling. Ikki og’iz shirin so’z ular ushun eng katta sovg’a.Bir chimdim mehir ham tog’dek,ozgina tuhfa ham tengsiz xazinadek tuyiladi. Keksalarga qanchalik mehr ko’rsatsalarining, ularning ko’ngli osmon qadar yuksaladi.Ularning duosi ezgu niyatlari umringizni ziynatlab balolardan saqlaydi deb bizga nasihat qiladilar. Hozirda Xolmirza bobom va Ro’zigul momom 10 ta farzandning otasi,38 ta nabira,36 ta evara va bitta chevaraning seviomli bobosi va buvisi bo’lib yashab kelmoqda.
  Xalqimiz ko’p og’ir kunlarni boshdan kechirdi.II jahon urushida 50 mlnkishi halok bo’ldi. Birgina vatanimiz - O’zbekistonning 450 mingdan ortiq yigitlari jang maydonlarida qahramonlarcha halok bo’ldilar. Ming -minglab odamlar dom - daraksiz yo’q bo’lib ketdilar.
    Yurtdoshlarimiz o’sha qonli urushda jona -jon yurtimiz uning ozodligi va mustaqilligi yorug’ kelajagi uchun jon  fido qilganlar.Ularning xotirasiniabadiylashlashtirish maqsadida 1999 -yil  2 -martda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni  e’lon qilindi.   Farmonga  ko’ra 9 – may “Xotira va qadrlash kuni” deb belgilandi.
O’zbekiston Respublikasi o’z mustaqilligini qo’lga kiritdi.Ota-bobolarimizning asriy orzulari ro’yobga chiqdi. Shu kundan o’zbekning xasta diliga darmon, g’amgin ko’zlariga nur, qadoq qo’llariga baraka, bezovta yuragiga xotirjamlik, osmoniga musaffolik qaydi. Kechagina faqat mehnat, deya bukilgan qaddi baland ko’tarildi.
Nuroniylari bor oilaning fayzi bo’lakcha bo’ladi. Bunga sabab ularning har tong ezgu niyat bilan duoga ochilgan qo’llari, yahshi so’zi niyatni dildan dilga, tildan tilga ko’chirguvchi mehrlaridir. Hayot sirlarining jonli yechimiga aylangan bobo-yu buvi tarbiyasidan bahramand bo’lgan bolalarning dunyoqarashi ham o’zgacha shakillanadi. Ishini bilib-bilib, puxta amalga oshirayotgan yoshlarni ko’rganda, “kattalarni tarbiyasini olgan”, deya havaslanish bejis emas.
   Mana oradan yigirma olti yil o’tdi. Bu qisqa vaqt orlig’ida yuz bergan hodisalar, o’zgarish-u -yangilanishlar  kishini hayratga soldi. Kundan kunga chiroy ochib borayotgan shahar-u qishloqlarimizni, qad roslayotgan osmono’par  binolarimini, tekkis va ravon yo’llarimizni, istiqlol baxtidan masrur  yurtdoshlarimizni ko’rib ko’z quvonadi, dil yayraydi.
    Ayniqsa yurtboshimiz rahnamoligida biz yoshlarga berilgan yuksak e’tibor tufayli  tengdoshlarimizning fan, sport, madaniyat va san’at sohasida erishgan yutuqlaridan faxrlansak arziydi. Yoshlarimiz bugun dunyoning istalgan davlatida, eng nufuali oily o’quv yurtlarida taqsil olmoqda. Ular uchun bugun imkoniyatlar eshigi ochiq.Mustaqillikning ilk kunlaridan to bugunga qadar qanday natijalarga erishgan bo’lsak bularning barchasi istiqlol sharofati bilndir. Nafaqat qo’lga kiritgan muvaffaqiyatlarimiz, balki kelajakka bo’lgan orzu-umidlarimiz, sobit ishonchimiz  ham istiqlol tufayli. Axir bugungi tinch yurtimiz, farovon hayotimiz bo’lmaganida yuksak marralar, ulug’ maqsadlarni tasavvurimizga ham sig’dira olmangan bo’larmidik?!
   Yaratganga shukur ! Bugun yurtimizda tinchlik va osoyishtalik hokum surmoqda. Go’daklar uyqusuda tinch uhlab, keksalar e’zozlanib dasturxon to’rida qo’llarini duoga keng ochib, tinchligimiz va mustaqilligimizga shukrona keltirayotganini ko’rib, shunday baxtli zamonda yashayotganizdan g’ururlanib, qalbimiz quvoni b ketadi. Biz katta-yu kichik bu kunlarning qadriga yetib,mustqilligimiz abadiy bo’lishi uchun o’z hissamizni qoshishimiz kerak.Buning uchun eng avvalo ogoh bo’lishimiz,yurtimizni har qanday ma’naviy tahdidlardan asrashimiz shart. Vatanimiz kelajagi uchun yaxshi o’qib, yurt rivoji  uchun astoyidil xizmat  qilish bizning farzandlik burchimizdir. Har bir tangdosh ana shunday maqsadlar yo’lida harakat qilarkan mustaqil O’zbekistnimiz yanada gullab yashnayveradi!

Jasorat haqida yozish

Siz xotira.uz portalida yaqinlaringiz urushda ko‘rsatgan jasorati haqida so‘zlab berish imkoniga egasiz. Biz birgalikda Ikkinchi jahon urushida vatandoshlarimiz ko‘rsatgan jasorati haqidagi xotirani saqlab qolamiz va kelajak avlodga yetkazamiz.