Rang sxemasi

Topivoldiyev Mamadali


06.05.2019

Topivoldiyev Mamadali 1919 yil 20 sentyabrda Farg‘ona viloyatining hozirgi Rishton tumanidagi Pandigon qishlog‘ida tug‘ilgan. Boshlang‘ich maktabni tugatib, kolxozda ishlagan. 1939 yildan Sovet Armiyasida. 1941 yil iyundan frontda. 1969 yil 7 mayda fojiali ravishda halok bo‘lgan. Sovet Ittifoqi Qahramoni (1944).

M.Topivoldiyev jangda yaralangan va Borisov shahari yaqinida asirga tushib qolgan. 1942 yil asirlikdan qochgan. Mogilyov viloyatining “Chekist” partizanlar brigadasidagi 5-partizanlar otryadi razvedka bo‘linmasi komandiri bo‘lgan. M.Topivoldiyev bo‘linmasi Mogilyov viloyatining Krugloye tumanidagi ko‘prik va yo‘llarni minalashtirgan, dushman jangovar texnikasini yakson qilgan, nemis bosqinchilarini qirgan, politsaylarning katta guruhini qurolsizlantirgan. M.Topivoldiyev shaxsan o‘zi dushmanning 4 eshelonini portlatgan, 17 mashinasini yakson qilgan. 1944 yil avgustda Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan. Lenin ordeni, Mehnat Qizil Bayroq, “Hurmat Belgisi” ordenlari, medallar bilan mukofotlangan.  

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Xotira kitobi, Qomuslar Bosh tahririyati, 1995 y.

Jasorat haqida yozish

Siz xotira.uz portalida yaqinlaringiz urushda ko‘rsatgan jasorati haqida so‘zlab berish imkoniga egasiz. Biz birgalikda Ikkinchi jahon urushida vatandoshlarimiz ko‘rsatgan jasorati haqidagi xotirani saqlab qolamiz va kelajak avlodga yetkazamiz.