Rang sxemasi

Sharafuddinov Olim


02.05.2019

Olim Sharafuddinov 1903 yilda tug‘ilgan. Urush yillari Bryansk jangida qatnashgan. Adabiyotshunos olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi muxbir a’zosi. 1943 yilda halok bo‘lgan.

Qonli jangda qilaman javlon

Vatan uchun, sen uchun, bolam.

Ko‘kragimni etdim, men qalqon,

Okoplardan yo‘lladim salom.

Yuqoridagi satrlarni olim Bryansk janglarida qog‘ozga tushshirgan.

Asrimizning 20-30-yillarida yetishib chiqqan ko‘pchilik o‘zbek adabiyoti namoyandalari O.Sharafuddinovdan ta’lim va tarbiya olgan. Olim Sharafuddinov ijodiy faoliyatga jo‘sh urib turgan bir paytda Vatan mudofaasiga otlandi. U 1942 yilning sentyabr-oktyabr oylarida Samarqanddagi harbiy o‘quv yurtida, shuningdek, boshqa joylarda saboq oladi. O‘qishi tugamasdanoq Bryansk jangiga yuborildi. Olim Sharafuddinov oilasiga Bryanskdan yo‘llagan birinchi va so‘nggi maktubida jangga kirganligini, jonajon Toshkent shahriga g‘alaba bilan qaytishini bayon qilgan.

 

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Xotira kitobi, Qomuslar Bosh tahririyati, 1995 y.

Jasorat haqida yozish

Siz xotira.uz portalida yaqinlaringiz urushda ko‘rsatgan jasorati haqida so‘zlab berish imkoniga egasiz. Biz birgalikda Ikkinchi jahon urushida vatandoshlarimiz ko‘rsatgan jasorati haqidagi xotirani saqlab qolamiz va kelajak avlodga yetkazamiz.