Rang sxemasi

Ergash To’layev


05.06.2017

Ergash To’layev Moskva, Belarussiya, Polshada bo’lib o’tgan janglarda faol qatnashganliklarini buvimdan ko’p marotaba eshitganman. Urush g’alaba bilan tugagach, Oliy Bosh Qomondon topshirig’i bilan Xitoyning Qashqar viloyatida razvedchik vazifasida to 1947-yilgacha xizmat qilganlar. Bobom ,,Qizil yulduz’’  ordeni va yana boshqa bir necha orden va medallar bilan mukofotlangan. U kishi urushdan keyin xalq xo’jaligini tiklash va rivojlantirish ishlarida zo’r kuch-g’ayrat  bilan mehnat qilganlar. Albatta bunday insonni yurtimizda kamdan-kam uchratamiz. Bobom har soha bo’yicha qishloq xo’jaliklariga katta yordam berib, bir qancha kashfiyotlari bilan xalq orasida katta obro’ qozonganlar.Keyinchalik raislar maktabini tugatib, tabelchilik qilganlar. Undan keyin Samarqand qishloq xo’jalik institutini sirtdan tamomlab Shreder nomli bog’dorchilik va uzumchilik instituti filialida bo’lim boshlig’i, direktor,lavozimlarida ishlagan ekanlar.Bobomning akalari Bo’riboy To’layev ham ulug’ Vatan urushchisi hisoblanadilar.Ammo u kishi urush paytida halok bo’lganliklarini buvimdan eshitgan edim. Shundan boshlab bobom Ergash To’layev o’z jigargo’shasining qastini olish maqsadida yovlarga qarshi chiqqanlar.Lekin otalari o’z o’g’liga :Ergash sen akang Bo’riboy uchun emas, el-yurt uchun, toptalgan muqaddas ona zaminning har chimdim aziz tuprog’i uchun yovdan qasos ol’’ degan hikmatli so’zlari ham bobomning Vatanga bo’lgan muhabbatini yanada mustahkamlashga yordam bergan edi. Bobomning bunday qilgan ishlaridan faxrlanaman va u kishining oldida boshimni egaman. Men ham ushbu bobom singari, xalq bilan birga bo’lib, ko’plab dehqonlik qilgan aholiga yordam berib, jamiyatda o’z o’rnimni egallashga harakat qilaman. Bobom bu tadbirlarning bajarilishini tashkiliy-xo’jalik jihatidan ta’minlash borasidagi mahorati bilan e’tibor qozonib ko’pchilikka tanilganlar. Bobomning Ittifoq va Respublika matbuotida voyish yaratish masalalariga oid o’n ikki ilmiy maqola-maslahatlari, bukletlari ommaga tatbiq etila boshlagan. Oilaviy hayoti ham mazmunli, barakali bo’ldi. Urush yillari To’lo bobo ota-onasiz qolgan malla sochligina bolaning boshini silab voyaga yetkazganlar.
      Mening buvim ham urush yillarida nochor qolgan aholiga moddiy tomondan yordam berganlar. Shu bilan birga chet ellarga borib   ilm-izlanib  o’sib kelayotgan yosh avlodga tatbiq etishda ham faol qatnashganlar. Buvim tibbiyot fanlarini puxta egallaganlar. Shuning uchun II jahon urushida yarador bo’lgan insonlarni muolaja qilganliklarini aytgan edilar. Albatta bunday kishilarni biz buyuk deb atasak ham menimcha yaxshi anglagan bo’lar edik.
     Bobom va buvim o’ylamanki chin qaxramonliklarini hayotga  yuzaga chiqara oldilar. Ulardan 5 nafar farzand hamda 20 nafar nabiralari hamda bir qancha evaralari hozirgi kunda u kishining ishlarini davom ettirishga harakat qilmoqda
 Mamlakatimiz mustaqil bo’lgach ulug’ Vatan urushida xalok bo’lgan insonlarning mangu tabarruk nomlari yana qayta tiklandi O’zbekiston Respublikasining birinchi Prizdenti I.A. Karimov tomonidan 9-may ’’Xotira va Qadrlash,,kuning joriy etilishi yurtimizda yanada bir iftihor bag’ishlaydi. Bir vaqtlar 9-may kuni harbiy paradlar bo’lardi,zambaraklardan gumbrlatib o’qlar otilardi. Lekin mustaqil bo’lganimizdan keyin hayot bizga shuni o’rgatdiki,ularning oilalarini eslash,avalom bor,har bir musulmon inson uchun ham qarz,ham farz.
II-jahon urushida O’zbekistonda taxminan 500ming odam xalok bo’lgan
va be-darak ketgan. Endi esa ba’zi davlatlarda shunday gaplar,tashviqotlar paydo bo’layapdiki, go’yo bu urushda faqat bitta katta millat g’alaba qozongan emish.
Bu gaplarni eshitgan odam hijolat bo’ladi. Agar,o’sha paytda butun SSSR da yashayotgan hamma xalqlarning farzandlari qo’liga qurol olib janga kirmaganida,bu urshda kim g’alaba qilardi?
Biz bugun tirik bo’lgan oramizda hayot bo’lib, yurgan urush qatnashchilari oldida bir umir qarzdormiz, ularning oldida bosh egi ta’zim qilamiz.
’’Hayot-bu oqar daryo,,degan iboraning juda katta ma’nosi to’g’rirog’i dav’ati  bor. Shu nuqtai nazardan qaraganda, urushda qatnashgan,bugun o’z hayoti davomida tirik insonlarning soni ham kamayib borayotganini katta afsus bilan aytishga haqlimiz. Lekin na chora oqadigan daryoni to’htatib bo’lmas ekan.
Biz, odatda,Ona tuprog’imizda mangu orom topgan ota-boboblarimizning qabri oldiga borib,ularning ruhiga tilovat qilamiz, ular bilan ruhan suhbat quramiz, ulardan xuddiki maslahat olgan dek bo’lamiz. Bu dunyo o’zgachdir. Uning havosida nafas olayotgan har-bir inson o’z oldiga maqsad qilib kelajagda ulkan yutuqlarga erishishini xohlaydi albatta, men ham o’sh maqsad sari o’zimning dadil qadamlarim bilan hayotga kirib bormoqdaman.Barcha qiziqishlarimni inobatga olgan holda kelajakda huquqshunos ya’ni qonun himayachisi bo’lishga ahd qildim. Chunkin men shunday buyuk insonlarning sha’ni SSSR paytida qoralanganigi,ularga yolg’on tuhmat va bo’htonlar bilan xalq dushmani sifatida ko’rganida inson anch siqiladi. Shunday ekan ushbu mamlakatimizda inson sha’ni va qadir-qimmati yuksak baholanganigi bu biz uchun eng oily qadiriyatdir. Men ham bobom singari mard va jasur bo’lib, yerimizning har bir qarichi uchun kurashishga va’da beraman. Albatta bularga erishish uchun tinmay mehnat qilishim, izlanishim hamda mustaqil fikrimga ega bo’lishim kerak bo’ladi. Bobomni ko’rganimda men hali juda yosh edim,ammo men u kishining qanday shijoat sohibkorligini ich-ichimda his qilib turibman. Bobom men uchun nihoyatda boshqacha insonlar, men hech ikkilanmasda bu insonni buyuk jasorat sohibkori degan bo’lardim.Bobomning kollektiv orasidagi hurmati katta bo’lgan,-deydilar filial direktori, qishloq xo’jalik fanlari kanditanti Jo’raqul Musayev.  
 
  Albatta bizning qishloqda yana bir qancha ulug’ Vatan urushida munosib xizmat ko’rsatgan shijoat sohiblari ko’plab keltirish mumkin.Ular bilan chin dildan suhbat qurgan har qanday inson yuragida dardu-alamlar bilan o’sha paytdagi voqeani his qilishga urunasiz.Lekin bobolarimiz ko’z oldida bir qanchalab insonlarning qoni to’kilayotganini ko’rganda menimcha bundanda og’ir musibat bo’lmasa kerak deb o’ylayman.Xulosa qilib ayganda bobom va buvim menda juda katta taassurotlar qoldirdi. Men bu insonlarning avlodi ekanligimdan faxrlanaman hamda g’ururlanaman.Ularning mangu nomlari abadul-abad tarix sahifalaridan joy oladi.Shaxsan menda bobomga bo’lgan cheksiz qiziqishlarim meni butkul hayron qoldirdi.
Bobom yaratgan dehqonchilik maktabini ko’rgan, u kishining tarbiyasini olgan o’nlab shogirdlar hozirgi kunda ham mamlakat farovonligi yo’lida mehnat qilmoqdalar.Men ham albatta bobom singari Vatanni qanday ko’rish ekanlini har tomonlama puxta egallayman.Bu ulug’ zotning mehnatlari xalqimiz tomonidan hozirgi kunda e’zozlanib foydalanib kelinmoqda.Xullas muning bobom va buvim buyuk qahramondirlar.
 

 
 

Jasorat haqida yozish

Siz xotira.uz portalida yaqinlaringiz urushda ko‘rsatgan jasorati haqida so‘zlab berish imkoniga egasiz. Biz birgalikda Ikkinchi jahon urushida vatandoshlarimiz ko‘rsatgan jasorati haqidagi xotirani saqlab qolamiz va kelajak avlodga yetkazamiz.