Rang sxemasi

Boʻtayev Boymamat


05.06.2017

Mening bobomning ism-u, shariflari Boʻtayev Boymamat bobo. U kishi 1909 yilda hozirgi Surxondaryo viloyatining “Toʻxtamish”  qishlogʻida tugʻilgan. Bizning avlodimizning bosh vakili Xudoyor bobo boʻlgan. U kishining ikkita farzandlari boʻlgan. Ular Raxmat bobo va Gʻoyib bobo. Raxmat boboning bir nafar farzandi boʻlgan. U kishi Turdi bobo. Turdi boboning ikkita farzandi bor. Ular Imbar bobo va Turdi bobo.  
 Turdi boboning ikki nafar farzandi bor bular: Axmad bobo va Toshtemir bobo. Axmad bobo brigadir lavozimida ishlagan. Toshtemir Turdiyev birinchi hokim muovini, keyin madaniyat va ma]rifat boʻlimining boshligʻi lavozimlarida ishlaganlar. Hozirgi kunda Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasining a’zosi vazifasida ishlamoqda. 
Xudoyor boboning keyingi farzandi Gʻoyib bobo. U kishining besh nafar farzandlari bor. Ulardan birinchi farzandi Toʻlgʻon momo, ikkinchi farzandlari Raxmat bobo. U kishi 1943 yil “Voronet” da urushida halok boʻlgan. Uchinchi farzandlari Mengnar bobo ular urushdan keyin qishloqda kasallikdan vafot etganlar. Toʻrtinchi farzandlari Mahmud bobo. 
Beshinchi farzandlari mening bobom Boymamat bobodirlar. U kishining oʻn nafar farzandlari bor. Bular: Bozor amakim, Xurram amakim, Xaydar amakim, Oysha ammam, Gulnor ammam, dadam Akram aka, Bahrom amakim, Jamila ammam va Sofiya ammam. 
Bozor amakim muallim boʻlganlar, Xurram amakim shifokor boʻlganlar. Dadam Samarqandning savdo institutini bitirganlar va keyinchalik tovarshunos boʻlib ishlaganlar. 

Ikkinchi jahon urushi boshlanganidan, ya’ni 1941- yildan bobom armiya safiga chaqirilib urushga ketganlar oʻttiz yoshida urushga borganlar. Urushda sogʻligiga jarohat yetganligi uchun I-guruh nogironi boʻlgan. Nemis fashizmi bilan boʻlgan janglarda koʻpgina qahramonliklar koʻrsatib, bir qancha medal va “Qizil yulduz” ordeni bilan mukofotlanganlar. Bobom urushda “piyoda askar” safida “menametchi, pulemyotchi” boʻlib xizmat qilganlar. Urush davrida bir nemis ofitserini otib asirga olganliklari uchun “Qizil yulduz” ordeni bilan mukofotlanganlar. Bobom urushda kuchli iroda sohibi, yengilmas kuch-qudrat va turli qobiliyat sohibidirlar. Urush tugagandan keyin 1946-yilda urushdan qaytib kelganlar. Urushdan keying davrda qishloq xoʻjaligining barcha sohalarida faol ishtirok etib Vatanimiz rivojlanishida turli xil ishlarni amalga oshirganlar. Kolxozda brigadier boʻlib, insonlarni boshqargan, ularga toʻgʻri yoʻl koʻrsatganlar va turli ekinlarni yetishtirib, har bir xonadonlarga nozu-ne’matlar yaratib berganlar. Omborchi va oxirgi paytlarda fermer mudiri lavozimlarda ishlab nafaqaga chiqqanlar. 

Bobom 2005-yilning dekabr oylarida 98 yoshlarida olamdan koʻz yumganlar. Bobomning urushda koʻrsatgan jasoratlari, tinchlik yoʻlidagi xizmatlari va qilgan barcha jasoratlari bizning qalbimizda muhrlanajak. 
Bobomning oxiratlari obod boʻlsin!!! 
Bobom ikkinchi jahon urushida yillar davomida qatnashganlar. Turli xil qahramonlik koʻrsatganlar. Urush payti qilgan xizmatlari uchun turli e’zoz, e’tibor va shuhrat qozonganlar . Men bobojonimdan faxrlanaman va ularga oʻxshashga harakat qilaman. 

  
Urushda mening bobojonim ishtirok etganlari butun oila a’zolarimi uchun faxr-u iftixor tuygʻusini oshirdi. Urush payti buvijonim ham oʻz hissalarini qoʻshganlar. Bobojonim urushda boʻlgan paytlari oilani boshqarganlar, sabr-u bardosh ila har bir narsaga chidaganlar. Oilada ota oʻrnini bosganlar. Mening buvijonimning ham medallari mavjud. Urush koʻplab insonlarning halok boʻlishiga olib keldi va yuzlab, minglab insonlarning yuragini parchalab ketdi. Necha-necha insonlar Vatan uchun jonini fido qildilar. Qanchadan-qancha yosh oilalar posbonidan ayrildi. Insonlarning tinkasi quridi. Urushda oʻzbek xalqi boshqa millat bolalarini asrab, xayr-u saxovat koʻrsatdi. Bunday insonlarning farzandlari boʻlganimdan mamnunman va faxrlanaman. 

“Urush hech qachon boʻlmasin. Dunyomiz tinch, yurtimiz obod boʻlsin!”, - deydi ota-bobolarimiz. Tinchlik uchun jonini fido qilgan insonlarning yotgan joyalri jannatda boʻlsin!!!  Bunday insonlarning qilgan ishlari abadiy qalbimizda muhrlanajak. 
  
“Bu yorugʻ olamda eng buyuk jasorat nima, degan savolga, hech ikkilanmasdan, eng buyuk jasorat – bu ma’naviy jasorat deb javob bersak, oʻylaymanki, yanglishmagn  boʻlamiz” 
Islom Abdugʻaniyevich Karimov. 
  
Oʻzbekistonda urush yillarida 280 ta yangi korxona barpo etildi. Respublikaning sanoat potensiali 1945-yilga kelib 1940-yilgiga nisbatan deyarli ikki baravar koʻpaydi. Neft qazib olish toʻrt baravardan ziyod, metal ishlash tarmoqlari 4.8 barovar, mashinasozlik mahsulotlari 13.4 barovar, koʻmir qazib chiqarish 30 barobardan koʻproq, poʻlat va prokat eritish 2 barobar, elektr energiyasi ishlab chiqarish 2.42 marta ortdi. Buning natijasida Oʻzbekiston urush yilarida front uchun 2100 ta samolyot, 17342 ta aviamator, 2318 ming dona aviabomba, 17100 ta minomyot, 4500 birlikdan iborat minalarni yoʻq qiluvchi qurol, 60 mingga yaqin harbiy-kimyoviy aparatura, 22 million dona mina va 560 ming dona snaryad, 1 million dona granata, dala radiostansiyalar uchun 3 million radiolampa, 330 mingta parashyot, 18 ta harbiy- sanitariya va hammom, kir yuvish poyezdi, 2200 ta koʻchma oshxona va koʻpgina harbiy anjomlar yetkazib berish imkoniga ega boʻldi. Respublika yengil sanoat komissarligi korxonalari 1941 – 1945 yillar mobaynida jangchilar uchun 7518.8 mingta  gimnastyorka,  2636.7 mingta paxtali nimcha, 2861.5 mingta armiya etigi tayyorlab berdi. 
 Ikkinchi jahon urushiga 72 davlat jalb etildi. Urushda ishtirok etgan mamalakatlarning 110 million aholisi unga safarbar etildi. Harbiy harakatlar 40 ta davlat hududida boʻlib oʻtdi, barcha xarajatlar 4 trillion dolarni tashkil etdi. Urush davomida 62 million kishi (shu jumladan 27 million SSSR fuqarosi ) halok boʻldi. 
Urush hech qachon boʻlmasin. Tinchligimiz abadiy boʻlsin. Bizning yurtdek jannatmakon oʻlka hech qayerda yoʻq. Biz  yoshlar Vatanimizni asraylik bizning jannatmakon oʻlkamozga yomonlarning qadami yetmasin! 

Jasorat haqida yozish

Siz xotira.uz portalida yaqinlaringiz urushda ko‘rsatgan jasorati haqida so‘zlab berish imkoniga egasiz. Biz birgalikda Ikkinchi jahon urushida vatandoshlarimiz ko‘rsatgan jasorati haqidagi xotirani saqlab qolamiz va kelajak avlodga yetkazamiz.