Rang sxemasi

Berdiyev Baxrom


05.06.2017

Berdiyev Baxrom 1916-yilda O’zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Koson tumanida dunyoga kelganlar. U kishi yoshligidan mard, jasur haqiqiy yigit bo’lib ulg’ayganlar. Bolalikdan mehnat qilishdan, bilim olishdan charchamaganlar. Bilimga bo’lgan qiziqishlari u kishini ilm olishga undagan. Bobom Buxoroda, Toshkentda pedagogika yo’nalishida o’qiganlar. Mening bobom 20 yoshlarida oila qurganlar. Mening buvim Berdiyeva Gulandom 1920-yilda 
1-yanvarida tavallud  topganlar. Urush paytlarida buvim ayollar o’qituvchisi bo’lganlar.1937-yilda 1-farzandlari dunyoga kelgan. 1939-yilda harbiy xizmatga borganlar.Harbiy xizmat  o’tayotgan paytlari 2-jahon urushi boshlangan harbiy xizmatdan to’g’ri 2-jahon urushiga borganlar bobom 5 yil mobaynida Ukrainada Vatan uchun jangovor kurashib Ukrainadan yarador holda Odessa kasalxonasiga qaytganlar. 1946-yilda uyga qaytganlar. Urush tugagandan keyin bobom 6 nafar farzandli bo’lganlar. Ko’plab nabiralarining bobojonisi bo’lganlar. Farzandlarini ardog’ida hayot kechirganlar. Ko`rsatgan buyuk matonatlari uchun ular hayotlari davomida hamda Marhum Prezidentimiz Islom Abdug’niyevich Karimov tomonlaridan ko’plab orden-medallar bilan taqdirlanganlar. 1991-yilda O’zbekiston Xalq Demokratik Partiyasiga a`zo bo’lganlar.  Bobojonim  xalqimizning e`tiborida va e`tirofida bo’lganlar. Mening bobom 93 yil umr ko’rganlar, u kishi 2009-yilning 24-martida vafot etganlar.  Vafot etishlaridan oldin mahalla qo’mitasi raisi bo’lib ishlaganlar.  Lekin bobojonimning o’gitlari, bizga bergan pand-nasihatlari, ta`lim tarbiyalari hamon bizning  qalbimizda, hayolimizda mangu xotira bo’lib qoladi. Vatan har narsadan ulug’, uni asrab avaylash, har bir qarich tuprog’ini e`zozlash har birimizning farzandlik burchimizdir, degan so’zlari hamon yodimizda va qalbimizda bobomning rafiqalari 97 yoshni qarshiladilar, u kishi ham bizlarga urush paytlarida bo’lib o’tgan qiyinchliklarga sabr-matonat bilan yashaganlarini so’zlab berardilar.  Hozirda buvim ko’plab nabira-chevaralarini erkalab bobom haqida so’zlab berardilar. Bobom 1952-yil 12-aprelda direktorlikdan o’z xohishlari bilan bo’shaganlar, keyin 1983 yildan boshlab Kosonda oziq-ovqat yetkazuvchi askar bo’lib ishlaganlar. Keyinchalik 1987-yil fabrikada qorovul bo’lib ishlaganlar deydilar hozirgacha buvim. Urush paytlarida O’zbekiston xalqining axvoli og’ir edi. Front ortida turgan jangda qatnashayotgan umr yo’ldoshi, o’g’li, aka-ukasi jamiki erkaklar uchun yetarli bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar, kiyim-kechaklarni yetkazib bershgan, garchi ularning o’zi qiynalayotgan bo’lsalarda yaqin kelajakdan umid qilishgan.  Front ortida turgan aholini boshidan kechirganlarini ta`riflashga so’z ojiz. Qanchadan-qancha bolalar urush tufayli ochlikdan, yo’qchilikdan bir burda qotgan nonga ham zor bo’lib vafot etishgan. Ayollar bor jon-jaxdi bilan erkaklar uchun ham qiyin bo’lgan ishlarni bajarganlar. Yosh bolalarning ko’pchiligi ota-onalaridan ham ajralib yetim bo`lib qolishgan. Ularni farzandi yo’q insonlar boqib olishgan, tarbiyalashgan. Xalqning boshidan qanchadan-qancha qiyinchilik o’tgan bo’lsada, hamma yurtdoshlarimiz bir jonu-bir tan bo’lib kelajakka intilganlar. O’sha paytlardan O’zbekiston xalqining ahil-inoqligiga butun dunyo qoyil qolgan. Shunday yomon kunlar o’tib yurtimizning qoshiga yorug’ kunlar ham yetib keldi. Bunday yorug’ kunlarda jahon urushida qatnashgan insonlar e`zozlandi, ulug’landi. Hozirgi kunda ular shirindan-shakar nabiralarni buvijonisi-bobojonisi, evaralarining nasixatgo’yi sifatida ulug’lanadi. Bobom doim urush paytida bo’lib o’tgan voqea-hodisalar,  jangchilarning shijoati, kuch qudrati, u yerdagi qiyinchiliklar, qurbon bo’lganlar haqida gapirib berardilar. Ayollarning farzandlarini tinch-totuv yashashi uchun, kelajak uchun jon fido aylashgan. Bundan tashqari ham O’zbekiston mustaqil bo’lishi uchun ham, mustaqillikka erishgunga qadar ham ko’plab qiyinchiliklarni boshidan o’tkazdi. Ko’plab insonlar    ozor  chekdi,  qiynaldi. Ko’plab  insonlar esa mustaqillikka  erishishdan  shodumon bo’lganlar.  Mustaqillikka  erishganimizdan  keyin  ham o’zbek xalqi ancha qiynalgan paytda 11 kunga yetkulik don, oziq-ovqat qolgan.  Shunday paytda halqni irodasi, matonati, sabru-bardoshi bilan shunday ulug’ kunga yetib kelgan. Bobom doimo – “Ummon oldida tursang ham har bir tomchi suvni qadrla” -  deydilar. Hech narsani uvol qilmay, qadriga yetinglar derdilar. Biz yoshlar ham buvimning so’zlariga quloq tutib, ularni izlaridan yurishga harakat qilamiz. Prezidentimizni bizga bildirgan ishonchlarini oqlashga harakat qilamiz. Bobomning xotirasi qalbimizda abadiy mangu qoladi.
               Mening xulosam shundan iboratki, mehnatda toblangan inson hech qachon yengilmaydi, hayotga bo’lgan qiziqishi hech qachon so’nmaydi. Kelajak sari olg’a qadam bosadi. Ertangi kunga bo’lgan qiziqish uni sabr-bardoshini toblaydi. Shunday ekan mening bobom va buvim ham shunday qiyinchiliklarni yengib o’tib, shunday ulug’ kunga yetib kelganlar.  Hozigi kunda buvim va bobomning 7 ta farzandlari bor, 5 ta qiz, 2 ta o’g’il, 34 ta nabiralari, 65 ta averalari, 8 ta chevaralari bor. Nevaralarning qoshida buvijonisi bo’lib umr guzaronlik qilyapdilar.  Marhum birinchi prezidentimiz Islom Abdug’anievich Karimov qariyalarga juda katta e`tibor qaratdilar va 2013-yilni “Qariyalarni qadrlash” yili deb e`lon qilgandilar. Hozirgi prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ham qariyalarga e`tibor bermoqdalar. Urushda qatnashgan, Vatan uchun kurashganlarni sharafli taqdirlayapdilar. Kelayotgan 9-may xotira va qadrlash kuniga jahon urushida yarador bo`lib qaytganlarni, urushda vafot etganlarni,  sog’-omon qaytganlarni  qadrlab e`zozlab, eslab kelinmoqda, ularga e`tibor berilmoqda. Urushda Vatan uchun mardonavor kurashib, jon fido etganlarning  nomlari zarxal yozuvlar bilan xotira kitobiga abadiy muxrlangan. Ularning nomlari dilimizdan va tilimizdan hech qachon o’chmagay. Urishda qatnashib bor kuchi va matonati ila kurashgan, O’zbekiston erki va mustaqilligi yo’lida abadiy jannat yo’liga qadam qo’ygan bobo va buvilarimiz nomlariga hamisha shukrona bildirib, ularning bizga bildirgan ishonchlarini oqlashga harakat qilamiz.  Birinchi Prezidentimiz Islom  Abdug’aniyevich  Karimov  ham biz  yoshlarga katta ishonch bildirgan  holda   shunday deganlar   “Farzandlarimiz bizdan ko’ra kuchli, bilimli, dono va albatta  baxtli  bo’lishlari shart”. Darhaqiqat,  xuddi  mana  shu   ishonchli  so’zlar  bizni har soxada yuksak marralarni egallashga, matonatli, vijdonli, bilimli bo’lishga   undaydi.  Yuqorida aytib o’tilgan gaplarning isbotini Qarshi shahrida o’rnatilgan motam saro ona haykalida ham ko’rishimiz mumkin. O’z yori, o’g’li, yaqin aka-uka va birodarlarini kutayotgan bu ona haykalini ko’rgan har bir o’zbek farzandining ko’z oldida uzoq va yaqin o’tmish sur’atlari gavdalanadi.O’zini o’zbekman deb hisoblagan har bir inson o’z o’ziga menga Vatan nima berdi emas balki men Vatanga nima berdim, deb yashashi lozim. AYTINGCHI SIZ VATANGA NIMA BERDINGIZ  ?
                
Oq yo’rgakka o’ragansan o’zing bizni.
Oq   yuvib oq  taragansan o`zing bizni,
Beshigimiz uzra bedor ona bo`lib,
Kunimizga yaragansan o`zing bizni.
Fidoying bo`lgaymiz, seni O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston.
 

Jasorat haqida yozish

Siz xotira.uz portalida yaqinlaringiz urushda ko‘rsatgan jasorati haqida so‘zlab berish imkoniga egasiz. Biz birgalikda Ikkinchi jahon urushida vatandoshlarimiz ko‘rsatgan jasorati haqidagi xotirani saqlab qolamiz va kelajak avlodga yetkazamiz.