Rang sxemasi

Baltabay Saparov


06.06.2017

 Mening bobom Baltabay Saparov  1923 yili Qoraqalpog’ston Respublikasida tug’ilgan. Novqiron yigitlik chog’i urush davriga to’g’ri kelganliklari sababli o’n toqqiz yoshida ya’ni, 1942 yili  el- yurtining tinchligi uchun urushga otlanadi. Saratov oblist Tatichevo degan joyda 1 oy mobaynida yovga qarshi kurashish, qurol aslahalardan foydalanish sir-asrorlarini o’rgangan.
    1942-yil 8-avgust oyida Ladoga ko’li orqali o’tib qurshovda qolgan Lelingradni ozod etishga qatnashganlar. Keyin Privaltika ellarini ozod qilish bilan bir qatorda, Germaniyaning Elva daryosining Rastov fortigacha bo’lgan yerlarni zabt etgan. Urush tugagach Belorussiyada harbiy xizmatini davom ettiradi. 1947-yil harbiy xizmatdan bo’shatilib, qadirdon qishlog’iga qaytib keladi. U ko’p yillar mobaynida SHimboy tumanidagi “Kenes” jamoa xo’jaligida “xisobchi” ,“tabelchi”, “brigat”  Nukus shahridagi qurulish va avtotransport korxonalarida samarali mehnat qilgan    
   Ho’zirda bobom Nukus shahri “Aydin jol” ma’hallasida istiqomad qilmoqda. Turmush o’rtog’i Urazgu’l Boltaboeva bilan 8 farzandni ta’rbiyalab voyaga yetkazdi. Bobojonim hozirda 32 ta nevara, 67 ta shevarasi, 1 ta avarasi ardog’ida. Keksalarni e’zozlash har qanday millatga ko’rk, ja’miyatga fayz bag’ishlovchi go’zal fazilat ekanligini anglagan holda bobamning urush davridagi mardliklari xizmatlari inobatga olinib unga “Mehnat fahriysi”, 1994 yili O’zbekiston Respublikasi birinshi Prezidentining farmoniga ko’ra “Jasorat”, 2015-yili “Ikkinchi jahon urushidagi g’alabaning 70 yilligi” medallari bilan taqdirlanadi. Bobom daxshatli urush haqida uncha gapirishni istamas, hattoki bizni urushning nomini tilga olishimizni xohlamaydi. Bu inshoni yo’zishda uning shaxsiy kundaligidan foydalanildi. Aytmoqchi, sizga  xush xabarni ham yetkazay, yaqinda gina Ikkinchi jahon urushidagi g’alabamizning 72 yilligi munosabati bilan shaxsan Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyevning bobamga yozgan tabriknomasi keldi. Bu bubamni judayam xursand qildi, buni men uning to’kkan ko’z yoshlaridan angladim. Mashina va uy hadiya qilishti. Bugun  bu 94 yoshni qarshilagan ulug’ zot el yurtning ardog’ida. Bobojonim ko’pincha bir gapni takror va takror aytadi, “Bolalarim, el-yurtning koriga yarash, bu ulug’ saodaat. Vatanga qilgan xizmating bu- onangga qilgan xizmat demakdur. SHu gapimni hech qachon eslaringdan shiqarmalaring! O’zbekistondek jannatmakon yurt hech qayerda yo’q. Faqat va faqat buning qadriga etish kerak, xolos”,- degan gaplarni tinkasi qolmay zo’rg’a nafas olayotgan, qarichilik azoblaridan qiynalayotgan bo’lsa ham, shu gaplarni bot-bot bizga uqtirishdan charchamaydi. Mening bu inshom o’n ikki muchasi sog’ bo’la turib mehnat qilishga erinib, yoki tinchligimizni buzishga urinayotgan buzg’unchi kuchlarga qo’shilib olgan qo’sh tirnoq ichidagi “vatanparvar” larga bobamning metinday irodasi, sabir-qanoatligi, jasorati, shukronalik kabi ezgu fazilatlari ibrat bolishini, bu inshoni o’qib ozgina bo’lsa ha’m ko’ngillaringizda, vijdoningizda nimanidir uyg’ota olsam-bu mening o’z maqsadimga yetkanim. Albatta,  siz urush faxriylari, nuroniylarimiz bilan  harqansca faxrlansak, sizning ko’rsatgan jasoratiningiz, mardligingiz bilan g’ururlanishga to’laqonli haqlimiz. Siz bizning qahromonlarimizsiz!

Jasorat haqida yozish

Siz xotira.uz portalida yaqinlaringiz urushda ko‘rsatgan jasorati haqida so‘zlab berish imkoniga egasiz. Biz birgalikda Ikkinchi jahon urushida vatandoshlarimiz ko‘rsatgan jasorati haqidagi xotirani saqlab qolamiz va kelajak avlodga yetkazamiz.